Toshkent viloyatida olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlarida 15,8 mlrd so‘mlik sifatsiz ishlar hamda 6,3 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari aniqlandi. Jiddiy qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 63 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqandda qizaloq 10-qavatidan tushib ketgan uyning loyihachi va quruvchilari javobgarlikka tortiladi. Balkondagi panjaraning pastki ochiq qismi loyihaga qaraganda kattaroq ekanligi aniqlandi. «Gazeta.uz» ko‘p qavatli uylarning kamchiliklari haqida yozgandi.
2021-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 107,4 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich 2020-yilgan nisbatan 6,8 foiz yoki 19,3 trln so‘m ko‘proqni tashkil etgan. Qurilishlarning 94,8 foizi nodavlat tashkilotlar hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Toshkentda 5 nafar fuqaro harbiy qismlaridan birida rejalashtirilgan 65 mlrd so‘mlik kapital ta’mirlash ishlarini qurilish firmasi boshlig‘iga olib berish evaziga, shartnoma qiymatining 4 foizi miqdorida pul berishini talab qilgan. Ular oldindan 30 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi. Toshkent viloyatida yana bir shunga o‘xshash holat aniqlandi. Shuningdek, Toshkent viloyatida fuqaroni noqonuniy tarzda o‘qishga kirib qo‘yish hamda Sirdaryo viloyatida kredit berish evaziga pul talab qilish kabi holatlar aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting